Samarqandda 1874-yildan muzey tashkil topganligi to‘g‘risida Samarqand muzeyining ilmiy arxiv xujjatlarida ma’lumotlar keltirilgan. Samarqandda 1896-yil 21-iyulda muzey rasmiy ravishda ochildi.
O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi Samarqand davlat muzey–qo‘riqxonasining bosh muzeyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ekspozitsiyalari: Mustaqillik ekspozitsiyasi, Oʻzbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida, Oʻzbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy ishlov berish sanʼati, Markaziy Osiyoda yozuvni paydo boʻlishi tarixi, Oʻzbekiston tasviriy sanʼati durdonalari, Oʻzbekistonda anʼanaviy milliy kiyinish madaniyati, Oʻzbekiston kashtachilik sanʼati, Oʻzbekiston zargarlik sanʼati, Amir Temur maqbarasini oʻrganilish tarixidan kabi ekspozitsiyalar tashrif buyuruvchilar uchun xizmat koʻrsatib kelmoqda.
2009-yildan muzey Samarqand shahri Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 148-uyda faoliyatini olib bormoqda