Maxfiylik siyosati

I. Shaxsiy ma'lumotlardan qanday foydalanamiz?
Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz iTicket.uz saytiga aniq tadbir uchun iTicket.uz maxfiylik siyosati hamda iTicket.uz va tadbir tashkilotchilari yoki tadbir tashkillashtirilayotgan joy ma’muriyati o’rtasida tuzilgan shartnoma munosabatlariga muvofiq tarzda taqdim etiladi. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz sizning saytdagi operatsiyalaringiz bilan bog’liq hollarda hamda siz tomondan sotib olingan tadbir chiptalari borasida siz bilan telefon yoki e-mail orqali bog'lanish maqsadida ishlatilishi mumkin. Sizning roziligingizsiz shaxsiy ma’lumotlaringiz saytdagi operatsiy bilan bog’liq bo’lmagan shaxslarga berilmaydi. Sizning to’g’ridan to’g’ri roziligingizsiz ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga ham taqdim qilinmaydi

II. Ijtimoiy tarmoq plaginlari
Saytimizda ko'plab ijtimoiy tarmoqlarning plaginlari mavjuddir. Ijtimoiy plaginni o'z ichiga olgan veb-sahifaga ("Like / Recommended" kabi) ulanishda foydalanuvchi brauzeri ijtimoiy tarmoq serverlariga ulanadi va ijtimoiy plaginlari uchun kerakli tarkib yuklanadi. Foydalanuvchi o’zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy akkauntida bo’lgan holatida, ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchining tashrifini uning shaxsiy akkaunti bilan bog’lashi mumkin. Agar foydalanuvchi ushbu ma'lumot uning ijtimoiy tarmog’ida aks etishini istamasa, u bizning saytimizga kirishdan avval o’zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntidan chiqishi zarur.

III. Internet-brauzer “cookie”-fayllari
Bizning vebsaytimiz foydalanuvchi tajribasini yaxshilash maqsadida cookie-fayllardan foydalanishi mumkin. Foydalanuvchilarning Internet-brauzerlari “cookie”-fayllarni qattiq diskka ular haqidagi ma’lumotni hisobga olish va ba’zan ularni kuzatib borish maqsadida saqlaydi. Foydalanuvchilar o’z veb-brauzerlarini cookie-fayllarni qabul qilmaslikka yoki ular yuborilgan hollarda ularni ogohlantirishga sozlashlari mumkin. Shuni bilingki, bu holatda, saytning ayrim qismlari to’liq faoliyat ko’rsatmasligi mumkin.