Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi

Tadbir haqida

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi 1428-29-yillarda Ko‘hak(Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4 m dan iborat ulkan bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigantkvadrant bo‘lgan. Kvadrantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo‘lib, qolgan qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland bo‘lgan.

  1964-yilda rasadxona yonida muzey ochilgan. 1994-yil muzeyning yangi ekspozitsiyasi yaratildi. 2010-yil eski muzey binosi o‘rnida yangi muzey binosi qurildi.

Rasadxonaning g‘arbiy tomonida buyuk olim, taniqli davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning taxtda o‘tirgan haykali, uning orqa tomonida “yulduzli osmon” tasviri tushirilgan panno oʻrnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning tashabbusida Mirzo Ulug‘bekning 600 va 615 yillik tavallud ayyomlari xalqaro miqyosida keng nishonlandi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1994-yilni “Mirzo Ulug‘bek yili” deb e’lon qilindi.

Yosh cheklanishlari / Til

Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi Mirzo Ulug‘bek muzeyi-majmuasi

Tadbir bo'lib otadigan joy
Тошкент йули, Самарканд, Узбекистан