Elektron chipta

Ushbu usuldan foydalangan xolda, siz o`z vaqtingizni tejaysiz va chiptalarni onlayn xarid qilish orqali jarayonini tezlashtirasiz.

Nima uchun qulay?
Elektron chipta elektron shaklda - foydalanuvchining shaxsiy kabinetida saqlanadi, shuning uchun uni unutib yoki yo'qotib bo'lmaydi va o'g'irlab bo'lmaydi. Siz elektron chiptani dunyoning istalgan nuqtasidan sotib olishingiz mumkin - faqat Internetga kirishingiz kerak halos. Vaqtni tejash: kassaga borish, kurer xizmatlaridan foydalanish, chipta yetkazib berilishini kutish shart emas.

Elektron chiptaga qanday buyurtma berish mumkin?
Chipta har qanday bank kartasi bilan to'lanishi mumkin. Onlayn to'lovdan so'ng, PDF formatidagi chiptalar foydalanuvchi tomonidan ko'rsatilgan elektron pochta manziliga yuboriladi. Bundan tashqari, siz o'z hisobingizdagi(akkauntingizdagi) "Mening buyurtmalarim" bo'limiga o'tishingiz va chiptangizni chop etishingiz mumkin.

Elektron chiptani qanday almashtirish yoki qaytarish kerak?
Elektron chiptani qaytarish yoki almashtirish ham onlayn, ham qoidalarga muvofiq bosh ofisdagi «Qaytish va almashtirish» punktida amalga oshiriladi.