Nodir Devonbegi madrasasi

Tadbir haqida

Nodir Devonbegi madrasasi XVII asrning 1630-1635-yillarida Buxoro xonligining devonbegisi Nodir Mirzo Tog‘ay Sulton tomonidan qurdirilgan. Madrasaning aynan shu manzilda barpo qilinishining sababi - uning to‘rida Xoja Ahrori Valiyning xonaqohlari mavjud bo‘lgan.

Nodir Devonbegi madrasasi loyihasini ishlashda Registon maydonidagi Sherdor madrasasining ko‘rinishidan ijobiy foydalanilgan. Madrasa bir qavatli bo‘lib, hashamatli 4 ayvonlik usulida bunyod etilgan. Madrasa 3 ta tarkibiy qismdan iborat: darsxona, yotoqxona, xizmatchilar xonasidan iborat.

Madrasaning peshtoqida qurilishining boshlanish vaqtini ko‘rsatuvchi yozuvlar mavjud bo‘lib, ular naqsh bezaklari usta Xoja Hoshim va muhandis-bunyodkor Do‘stmuhammad ijodlarining namunalaridir.

Nodir Devonbegi madrasasi 1986-yilda tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Yosh cheklanishlari / Til

Nodir Devonbegi madrasasi Nodir Devonbegi madrasasi