Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi

Tadbir haqida

Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida 2021-yilning 18-oktyabr kuni tashkil qilingan.

Muzeyning ochilish marosimi 18-oktyabr - Samarqand shahri kunida oʻtkazilgan.

Uy-muzeyi mashhur ma’rifatparvar, dramaturg, jurnalist va noshir hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyatini ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etishda ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi.

Muzeyda qurilgan ekspozisiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo‘lib, unda M.Behbudiy hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma’rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, hujjatlar, foto nushalar va boshqa ashyolar namoyish etilgan.

Yosh cheklanishlari / Til

Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi

Tadbir bo'lib otadigan joy
chi eski Doshkolnaya binosi, Xasan Obiddinov koʻchasi, 7, Samarqand, Узбекистан