Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi

Tadbir haqida

Samarqandda 1958-yilda tashkil etilgan maxsus arxeologik guruh tomonidan 30 yil davomida olib borilgan tadqiqotlari natijasida Afrosiyobning arxeologik davrlari aniqlandi, qadimiy xalqning me’morchiligi, moddiy va ma’naviy madaniyati, hunarmandchiligi, turmush tarzi o‘rganildi. Dunyoga mashhur Afrosiyob devoriy suratlari ham topilib, ta’mirlandi. Ekspeditsiya tomonidan topilgan ashyolar Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyida saqlanadi va namoyish etiladi.

Afrosiyob muzeyi 24-oktyabr 1970-yilda tashkil topgan bo‘lib, muzey qadimiy Afrosiyobning tarixi va moddiy madaniyatini mil.av. VIII asrdan boshlab to XIII asrning boshigacha bo‘lgan davrlarni yoritib beradi.

Muzey binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, ularda 11 ta ekspozitsiya zallari mavjud. Har bir zal o‘zining tarixi va davrlari bilan ajralib turadi:

Muzey fondida 2500 ga yaqin ashyo saqlanib namoyish etiladi.

Yosh cheklanishlari / Til

Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi Samarqand shahar tarixi Afrosiyob muzeyi

Tadbir bo'lib otadigan joy
Тошкент йули, Самарканд, Узбекистан