OLTIN TARVUZ

About event

Ertaklar sahnada jonlanadi

O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri sahnasida ertaklar motivlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar bolalar tomonidan katta qiziqish va ishtiyoq bilan kutib olingan.

Yakshanba 2 noyabr kuni soat 12:00 da o’zbek xalq ertagi asosida yaratilgan “Oltin tarvuz” spektakli namoyish etiladi. Inssenirovka muallifi va postanovkachi rejissyor Barot Hasanov, rassom Sardor Otaboyev, liboslar bo’yicha rassom Yevgeniya Biserova, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov.

Sahna asarida halol va xasis ikki qo’shnining boshidan o’tkazgan qiziqarli voqea ko’rsatiladi. Aktyorlar Rahmatilla Qurbonov, Raimjon Usmonov, Zebiniso Qodirova, Dilnavoz Ismatullayeva va boshqalar.

 “Oltin tarvuz” spektakli hozirda ham teatr repertuaridan o’rin olgan va uzoq yillar o’z muxlislariga ega. Spektaklni o‘tkazib yubormang!

Age restrictions / Language

12
OLTIN TARVUZ OLTIN TARVUZ