Advokatlik osonmi ?

About event

ADVOKATLIK OSONMI? (komediya) Teatrning bosh rejissori-O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston davlat mukofoti laureati Olimjon Salimov Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl komediya janrida bo’lib, jamiyatdagi illatlar kulgu ostiga olinadi.Avloniy o’z asarida yuz yil oldin jamiyatda hukm surgan savodsizlik, firibgarlik, ilmsizlik kabi muammolarni tanqid ostiga oladi. Spektaklda bu kabi illatlar davr, zamon, qonunlar o’zgarsa ham bugungi jamiyatda hali ham borligi, bartaraf etilmagani,hech kim bu haqda o’ylab ham ko’rmayotganini tomoshabinga ko’zgu tutib ko’rsatib beradi. Tomoshabin spektakl davomida sahnada aktyorlarni emas o’zini ko’radi, o’zini so’roqqa tutadi, savollariga javob izlaydi. Spektakl so’nggida esa savollariga javob ham oladi.

Age restrictions / Language

16
Advokatlik osonmi ? Advokatlik osonmi ?

Venue location
Uygur ko'chasi, 2, Shayxontohur tumani, Toshkent