Hurmatli futbol muxlislari!
Ushbu o‘yinga chipta xarid qilar ekansiz, siz O‘zbekistonning eng nomdor va sovrindor futbol klublaridan biri — «Bunyodkor» futbol klubini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissangizni qo‘shasiz. Bugungi kunda klub murakkab moliyaviy vaziyatni boshdan kechirmoqda.
iTicket.uz kompaniyasi O‘zbekiston Professional futbol ligasi bilan hamkorlikda ushbu tashabbusni yo‘lga qo‘ydi. Endilikda har bir futbol muxlisi elektron platforma orqali bir yoki bir nechta chipta xarid qilish orqali klubni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
Har bir xarid qilingan chipta — bu nafaqat o‘yinga kirish imkoniyati, balki klub, uning jamoasi, akademiyasi va O‘zbekiston futboli kelajagiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Qo‘llab-quvvatlovingiz va befarq bo‘lmaganingiz uchun tashakkur!

from 15 000 UZS
from 25 000 UZS
from 190 000 UZS
from 190 000 UZS
from 200 000 UZS