O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi (Panorama)

O'zbekiston Milliy kino san'ati saroyi (Panorama)

 

O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi — kino san’ati va madaniy tadbirlar markazi!

Toshkent shahrining markazida, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyi, xalq orasida «Panorama» nomi bilan tanilgan, mamlakatning mashhur kino maskanlaridan biridir. Saroy kino ixlosmandlari, bolalar va kattalar uchun turli janrdagi filmlarni tomosha qilish hamda milliy va xalqaro kino san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.

Majmua tarkibida kundalik film namoyishlari uchun 6 ta kin zal hamda 1 820 tomoshabinga mo‘ljallangan katta zal mavjud. Bu yerda yangi filmlar premyeralari, xalqaro kinofestivallar, «Oltin Humo» milliy kino taqdimoti marosimi va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etiladi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar O‘zbekiston kino san’ati muzeyi ekspozitsiyalari bilan tanishishlari mumkin.