
TASHKENT CITY PLANETARIUM — KOINOT SIRLARI VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR OLAMIGA SAYOHAT!
Toshkent shahrining markazida, Tashkent City Park hududida joylashgan Tashkent City Planetarium — ilm-fan, ta’lim va ko‘ngilochar texnologiyalarni birlashtirgan zamonaviy majmuadir. Ushbu maskan bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga koinot, sayyoralar va yulduzlar olami bilan yaqindan tanishish imkoniyatini taqdim etadi.
Majmua tarkibiga planetariy, «Flying Theatre» (uchar teatr) va mashhurlar mum muzeyi kiradi. Planetariyda maxsus proyeksiya texnologiyalari yordamida koinot haqida qiziqarli namoyishlar taqdim etiladi, «Flying Theatre» esa O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylari bo‘ylab virtual sayohat qilish imkonini beradi. Interaktiv taassurotlar, zamonaviy vizual effektlar va ta’limiy dasturlar Tashkent City Planetariumni oilaviy dam olish, do‘stlar bilan vaqt o‘tkazish va yangi bilimlar olish uchun ajoyib maskanga aylantiradi.