Vohidjon Isoqovning katta konsert dasturi!
Yorqin xonanda Vohidjon Isoqov oʻzining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi! Sanʼatkor 19 va 20-oktabr kunlari "Xalqlar doʻstligi" sanʼat saroyida muxlislarini unutilmas kechaga chorlaydi.
Bu konsertda Vohidjon Isoqovning jonli ijrosida ham yangi, ham sevimli xit taronalar yangraydi. Ayniqsa, yil qoʻshigʻiga aylangan "Eslagin duk-duk senga oshiqman" taronasini sanʼatkor bilan birga kuylash imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Vohidjon Isoqovning oʻziga xos ijrosi va samimiy muhit sizga hamda oilangizga unutilmas quvonch va yorqin taassurotlar baxsh etadi.
Bu konsertni oʻtkazib yubormang!