PIC NIC  "Dala sayli"

Tadbir haqida

« PIC NIC » “Dala sayli” (Ushbu pyesa paradoks teatriga mansub) Teatrning bosh rejissyori — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, O’zbekiston Davlat mukofoti laureati Olimjon Salimov Ispan dramaturgi Fernando Arrabal qalamiga mansub bu pyesa paradoks teatriga tegishli bo’lib, bu muallifning hodisalarga umuman boshqa tomondan qarashini ham tasvirlaydi. Pyesa muallifning ilk asari bo’lib, uni yigirma yoshida Koreya urushi ta’sirida yozgan. Biroq bu asar barcha urushlarni qoralovchi asar bo’lib qoldi. Pyesa voqyealari urush maydonida bo’lib o’tadi. “Piknik” asli “dala sayli” degan ma’noni anglatadi, biroq pyesani o’qish jarayonida bu jang maydonidagi sayr ekanligi anglashiladi. Pyesa bir pardali bo’lishiga qaramay, o’zida juda katta g’oyani aks ettiradi. Urush maydonidagi Saponi yoniga urush dahshatlarini tasavvuriga sig’dirolmaydigan ota-onasi yakshanbani o’g’li bilan o’tkazish uchun keladi. Dushman askari Sepo paydo bo’lganda Sapo uni asirga oladi, lekin uni piknikda ishtirok etish uchun taklif etadi. Piknik yuqori kayfiyatda, insoniy fazilatlar bilan davom etadi, biroq beshavqat urush maydoni ularni mavh etadi. Pyesa barcha zamonlar va barcha jamiyatlarda insonlar hayotiga qiron keltirgan urushning jirkanch qiyofasi ochiladi. Urushni boshlagan insonlar endi uni to’xtata olmayotgani tasvirlanadi.

Yosh cheklanishlari / Til

18
PIC NIC  "Dala sayli" PIC NIC  "Dala sayli"

Tadbir bo'lib otadigan joy
Uygur ko'chasi, 2, Shayxontohur tumani, Toshkent