5-sentabr kuni soat 19.30 da barchani yangi 95-teatr mavsumi ochilishi munosabati bilan “Toshkent osmoni ostidagi musiqa feyeriyasi” deb nomlangan Open air oqshomiga taklif qilamiz. Konsertda teatrimizning eng go’zal ovoz sohiblari va chet ellik yulduzlar ishtirok etadi! Ular orasida: Hulkar Sobirova, Elena Maksimova, Baluan Berkenov, Inara Kozlovskaya, Filip Banjak, Vyacheslav Vasilyev va bosh maestro - Vyacheslav Chernuxo-Volich rahbarligidagi teatr simfonik orkestri.
Yulduzlar ostidagi o'ziga xos muhitda, musiqa va raqs sehriga to'la unutilmas oqshomda sizni kutamiz!