“Qarsildoq” baleti namoyishlari tez orada!
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri P. I. Chaykovskiyning afsonaviy baletini Maksim Petrov tomonidan zamonaviy talqinda sahnalashtirilgan holda taqdim etadi. Tomoshalar 23, 24, 26, 27, 28, 30 va 31-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
✨ Sehr va musiqa, raqs va hikoya birlashgan ushbu Yangi yil ertagi tomoshabinlarni chinakam bayram kayfiyatiga chorlaydi. Milliy simfonik orkestr jo‘rligida yaratiladigan mo‘jizalar olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatini boy bermang!
