Romeo va Julyetta

Tadbir haqida

22-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida unutilmas kecha bo‘lib o‘tadi — Erik Sapayev nomidagi Mari davlat akademik opera va balet teatri Sergey Prokofyevning Konstantin Ivanov tomonidan sahnalashtirilgan “Romeo va Julyetta” nomli o‘lmas durdona asarini taqdim etadi.

Ushbu misli yo‘q talqin qat’iy akademik xoreografiya va xalq raqs an’analarini birlashtirib, tillarda doston bo‘lgan muhabbat qissasini butun his-tuyg‘ular teranligi va hayajonli lahzalari orqali yetkazadi.

Yuksak san’atga daxldor bo‘lish va ushbu spektakl in’om etadigan kechinmalar tarovatini his etish uchun tashrif buyuring.

Spektakl O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “San’at dunyosi” Birinchi Rossiya san’ati festivali dasturida namoyish etiladi.

Tadbir tashkilotchilari:
Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi
Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Mari El Respublikasi hukumati
Mari El Respublikasi Madaniyat, matbuot va millatlararo munosabatlar vazirligi

Yosh cheklanishlari / Til

12+
Romeo va Julyetta Romeo va Julyetta

Tadbir bo'lib otadigan joy