Rossiya san’ati tarannum etiladigan “San’at dunyosi” festivali 26-sentabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadigan “Opera durdonalari” nomli katta konserti bilan yakunlanadi.
O‘zbekistonlik muxlislar uchun Mariinskiy teatri va “Gelikon-Opera” teatri solistlari Yuliya Matochkina va Aleksandra Kovalevich, Rossiya Bolshoy teatri solistlari Olga Seliverstova va Ilya Selivanov hamda Metropolitan Opera, La Skala, Grand Opera, Kovent Garden teatrlariga taklif etilgan yakkakon xonanda Denis Sedov chiqish qiladi.
Konsert Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida bo‘lib o‘tadi.