2025-yilning 25-oktabr kuni Igor Moiseyev nomidagi afsonaviy Akademik xalq raqsi ansambli Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida o‘zining jo‘shqin ijrolardan iborat “Jahon xalqlari raqslari” dasturini tomoshabinlar e’tiboriga havola etadi!
Ushbu ansambl folklorni chinakamiga sahna she’riyati darajasiga ko‘tarib, xalq raqsi va mumtoz baletni o‘zida mujassam etadi.
Mazkur sayyor chiqishlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi ko‘magida uyushtirilmoqda.