23-sentabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida rus xalqining raqs madaniyati xilma-xilligi va boyligini namoyish etuvchi ajoyib tadbir bo‘lib o‘tadi. “Mariy El” davlat raqs ansambli “Rossiya xalqlari raqslari” dasturini taqdim etadi.
Ushbu oqshomda belaruscha raqslarning nazokati, ruscha jo‘shqinlik va bepoyonlik, tatarcha nafislik, marilarga xos o‘zgacha teranlik hamda kazaklar xoreografik an’analarining otashin tabiati o‘zaro uyg'unlashadi.
Konsert O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “San’at dunyosi” Birinchi Rossiya san’ati festivali dasturida namoyish etiladi.
Tadbir tashkilotchilari:
Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi
Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazi
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Mari El Respublikasi hukumati
Mari El Respublikasi Madaniyat, matbuot va millatlararo munosabatlar vazirligi