Xalqaro balet festivali doirasida 4–5-aprel kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Oʻzbekiston Milliy baleti tomonidan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti namoyish etiladi.
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashabbusi bilan sahnalashtirilgan ushbu balet — qadimiy Xorazm raqsi lazgiga bagʻishlangan yirik va ta’sirchan sahna asaridir. Lazgi inson qalbidagi tuygʻular, muhabbat va hayot joʻshqinligini ifodalovchi betakror raqs bo‘lib, u YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgan.

50 000 UZS
40 000 UZS
200 000 UZS
77 000 UZS
300 000 UZS
25 000 UZS