Simfonik spektaklda 80-90-yillarning retro xitlari! 🎶
Sizni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada simfonik orkestri bilan vaqt bo‘ylab musiqiy sayohatga taklif qilamiz!
23-sentabr kuni soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida “80-90-yillarning eng yaxshi qo‘shiqlari” nomli o‘ziga xos konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Millionlab odamlarning qalbini zabt etgan sevimli hitlaringizni yangi, ajoyib simfonik sadoda eshitasiz.
San’atkorlarimiz sizga unutilmas tuyg‘ular va kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, sahnaning oltin xitlariga yangi hayot bag‘ishlaydi!
Badiiy rahbar: professor Alisher Ikromov
Dirijyor: Boburjon Qurbonaliev
Ishtirokchilar: O‘ktam Shokarimov rahbarligidagi Yoshlar xori
Avlodlarni birlashtirgan musiqadan bahramand bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!