«Zolushka» — rus bastakori Sergey Prokofyevning mashhur baleti bo‘lib, mehr-oqibat, muhabbat va ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi haqida hikoya qiladi. Charlz Perroning sevimli ertagi asosida yaratilgan ushbu asar tomoshabinlarni sehrli ertaklar olamiga chorlaydi.
Betakror musiqa, nafis xoreografiya va ajoyib sahna bezaklari Zolushkaning sehrli sarguzashtlarini jonlantiradi. Har bir raqs va sahna ko‘rinishi ertakning o‘ziga xos jozibasini ochib beradi.
Tomoshabinlarni muhabbat, ezgulik va orzular ro‘yobga chiqishiga ishonch bilan yo‘g‘rilgan unutilmas balet oqshomi kutmoqda!