O‘zbekiston davlat simfonik orkestri qoshidagi xor jamoasining yubiley konserti
2026-yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat simfonik orkestri qoshidagi xor jamoasining 10 yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tadi.
Yubiley munosabati bilan jamoa dasturida mashhur musiqiy xitlar, jahon klassikasi durdonalari hamda turli davr va janrlarda ijod qilgan bastakorlarning asarlari o‘rin olgan.
Tomoshabinlar xor ijrosida turli musiqiy yo‘nalishlarga mansub asarlarni tinglashlari va jamoaning repertuari bilan tanishishlari mumkin.
O‘zbekiston davlat simfonik orkestrining badiiy rahbari va bosh dirijyori — O‘zbekiston xalq artisti Kamoliddin O‘rinboyev.
Xor rahbari — Yulduz Husnitdinova.
Sana va vaqt: 2026-yil 27-noyabr, 19:00
O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zali